The Guardian nashri Mosul shahri ozod qilinganida Iroq politsiyasi tomonidan konfiskatsiya qilingan zirhli mashinalardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. Ularning deyarli barchasi xudkushlarning mashinalariga aylanishi lozim edi, deb yozadi Motor.
Zirhli mashinalar yengil avtomobillar, krossoverlar, pikaplar va kichik yuk mashinalari negizida tayyorlanar edi.
Ba’zan metall bo‘laklari mashinaning faqat old qismini qoplaydi, haydovchi uchun esa o‘q o‘tmaydigan shisha o‘rnatilgan kichik tuynuk qoldiriladi.
Avtomobillarning bir qismi kulrang va moviy rangga — Iroq politsiyasining rasmiy ranggiga bo‘yalgan. Bu mashinalar ajralib qolmasligi uchun qilingan.
Har qanday mashina, hatto eng oddiy Kia Sorento zirhlanishi mumkin edi.
Kia negizidagi zirhli mashina ichida.
Ayrim mashinalar to‘laligicha zirh bilan qoplangan. Masalan, bu zirhli mashina traktor negizida yasalganga o‘xshaydi.
Mana bunisiga asos bo‘lib esa yuk mashinasi xizmat qilgan.
Mashina kuzoviga zirh qo‘pol shaklda o‘rnatilgan. Kuzov o‘rtasidagi metall parchalari, aftidan, konstruksiyani qattiqlashtirish uchun kerak.
Ayni paytda qo‘lga olingan zirhli mashinalar Iroqdagi politsiya uchastkalarining birida saqlanmoqda.
Bu pikap kuzovida pushka va tank tureli o‘rnatilgan. U harbiylar guruhiga hujum qilishga mo‘ljallangan.
Mosul uchun janglar qariyb uch yil davom etdi.
Iroq rasmiylari barcha zirhli mashinalarni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)