Google raqamli terrorizmga qarshi turish uchun YouTube’da “Redirekt uslubi” (Redirect Method) deb nomlangan funksiyani ishga tushirdi. Jigsaw markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad IShID targ‘ibotiga qarshi turish hisoblanadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Endi IShIDga yollanishga moyil shaxs tarmoqda ekstremistik ruhdagi videoyozuvlarni qidirganda YouTube uni terrorchi guruhga qarshi roliklarga yo‘naltiradi.
Yangi funksiya bunday shaxslarni aniqlashda IShID yoki uning faoliyatini madh etuvchi so‘z yoki iboralardan yo‘nalish olayotgani bildirilmoqda.
Tajribalar IShID targ‘ibotiga qarshi turishda jurnalistlarning hujjatli video va reportajlari diniy mazmundagi bahs yoki terrorchilar safidan qochib kelgan shaxslar bilan intervyulardan ko‘ra samaraliroq ekanligini ko‘rsatmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)