AQSh qishloq xo‘jaligi vaziri Sonni Perdyu Xitoy rasmiylari birinchi marta AQSh guruchini import qilishga rozi bo‘lganini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning qayd qilib o‘tishicha, bu qadam amerikalik fermerlarga jahondagi eng yirik guruch iste’molchisining bozoriga kirish imkonini beradi.
“Biz biz bayonnoma imzolash uchun o‘n yillab ishladik, a’zolarimiz Xitoy iste’molchilarining AQShda yetishtiriladigan yuqori sifatli, sog‘liq uchun xavfsiz guruchga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga urinmoqda”, — dedi AQSh guruch federatsiyasi prezidenti Betsi Uord.
Ma’lumot uchun, Xitoy AQShning yillik guruch hosilini 13 kun ichida iste’mol qiladi.
Izoh (0)