Venesuela parlamenti 21-iyul, juma kuni Oliy sudning yangi 13 a’zosini qasamyodga keltirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu voqea arafasida Oliy sud parlamentda yangi sudyalar qasamyodga keltirilsa, ularga “vakolatlarni noqonuniy o‘zlashtirish”da ayblov e’lon qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Mazkur idoraga ko‘ra, tayinlanish jarayoni uning “bevaqtligi, bo‘sh o‘rinlar mavjud emasligi va konstitutsiyaviy hamda qonuniy me’yorlar rioya etilmaslik” tufayli noqonuniy hisoblanadi.
Oliy sud amaldagi tarkibi prezident Nikolas Maduroning siyosiy muxoliflariga qarshi kurashda asosiy ittifoqdoshlaridan biriga aylandi. Sud bir necha bor deputatlarning turli qarorlari, jumladan, davlat rahbarini lavozimidan chetlatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini bekor qilgandi.
O‘z navbatida, parlamentni nazorat qilayotgan muxolifat sudyalar 2015-yil dekabrida noqonuniy yo‘l bilan saylangan deb hisoblaydi. Bu parlamentdagi aksariyat o‘rin Maduro tarafdorlaridan uning saylovlarda g‘olib chiqqan siyosiy raqiblariga o‘tishidan bir necha kun avval ro‘y bergandi.
Izoh (0)