Ispaniyalik rassom Salvador Dalining (1904—1989) mo‘ylovi o‘limidan salkam 30 yil o‘tib ham o‘z shaklini saqlab qoldi. 20-iyul, payshanba kuni uning jasadi eksgumatsiyasida ishtirok etganlar bunga ishonch hosil qildi, deya xabar beradi “TASS”.
La Vanguardia nashriga ko‘ra, Dalining jasadi 28 yil avval qanday bo‘lsa, shunday saqlanib qolgan.
“Uning mo‘ylovi umuman o‘zgarmagan, o‘zi istagandek 10 va 10 ni (soat siferblatidagi soat va daqiqa) ko‘rsatib turibdi. Buni mo‘jiza desa bo‘ladi”, — deydi deyarli 30 yil avval musavvirning jasadini mo‘miyolagan va eksgumatsiyada qatnashgan Narsis Bardalet.
Bardaletning aniqlik kiritishicha, “bu o‘rta asrlarda mo‘jiza edi, hozir esa tibbiyotning xizmati”. U maestroning tashqi qiyofasi uzoq vaqt davomida o‘zgarmasligiga ishonchi komil edi va bu o‘z tasdig‘ini topdi.
Izoh (0)