Sportning K-1 yo‘nalishida o‘z raqiblarini ketma-ket taslim qilayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Toshkentdagi MMA kechasida ko‘rinish beradi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Avvalroq Toshkentda penchak-silat bo‘yicha birinchi xalqaro turnir o‘tishi xabar berilgan bo‘lib, 9-sentabr kungi musobaqaga kino yulduzi Jan Klod Van Damm hamda MMA ustasi Fyodor Yemelyanenko tashrif buyurishi aytilgandi.
“Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladigan kechada o‘zbekistonlik bir qator mashhur jangchilar ishtirok etadi. O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi ularning nomini oshkor qildi. Bo‘lajak raqiblar esa yaqin kunlar ichida aniqlab olinadi. Quyida ishtirokchilar bilan tanishish mumkin.
Izoh (0)