“Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi mavsumi, birinchi bo‘limini norasmiy tarzda 90 million kishi ko‘rishga ulgurdi. Bu haqda, The Independent nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, tomoshabinlar soni AQShda 16, 1 million kishini, Buyuk Britaniyada 2,83 million kishini tashkil etadi.
Norasmiy ko‘rishlar striming servislari, shuningdek, torrentlar va turli saytlardan ko‘chirish bo‘yicha hisoblandi. Bular bo‘yicha yuqori o‘rinlarni AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya va Hindiston egallab turibdi.
Izoh (0)