• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Prezident, biznesmen va oddiy ishqibozlarga aerokosmik salonlar nega kerak?

    Aviasalonlar sanoati qanday dunyo kelganligi va bugungi kunda siyosat, biznes va shouning bunday chatishmasi kimga kerakligi haqida “Vedomosti” nashri hikoya qiladi.

    Foto: “Vedomosti”

    Foto: “Vedomosti”

    “Aerokosmik salonga birinchi marta yo‘l oldingmi — hech narsani rejalashtirma”, — yangi ishqibozlar uchun eng asosiy tavsiyalardan biri. Birinchi marta “atmosferaga to‘yish”ning o‘zi yetarli. Uchish-qo‘nish yo‘lagidagi qiruvchi samolyotni ko‘zdan kechirmoqchimisiz — marhamat! Ulkan ikki qavatli samolyotga ekskursiya qilishni xohlaysizmi — olg‘a! Bundan tashqari, retro-samolyotlar, kelajak samolyotlari, vertolyotlar, uchuvchisiz uchar qurilmalar va raketalar. Yana boshqarib ko‘rish mumkin bo‘lgan uchuvchilar virtual kabinasi, ishlab turgan 3D-printerlar, uchuvchi va kosmonavtlar bilan suhbat, turli tadbir va taqdirlash marosimlari.

    Dunyodagi eng qadimiy avtosalon — fransuz avtosaloni. 1908-yilda avtomobil ko‘rgazmasi bo‘limlaridan biri samolyotlarga bag‘ishlangan. Kelgusi yilda Parijda birinchi mustaqil aviashou bo‘lib o‘tdi. 1949-yildan boshlab u Fransiya poytaxti Le-Burjedan 12 kilometr masofada joylashgan Le-Burje aerodromida o‘tkazila boshladi. Buyuk Britaniyadagi aviasalon 1920-yilda paydo bo‘ldi. 1948-yildan boshlab Londondan 34 kilometr masofada joylashgan Farnboro aerodromida o‘tkazila boshladi.

    Aerokosmik salonlar odatda bir hafta davom etadi. Ularda ishtirokchi, tashrif buyuruvchi, jurnalist yoki ishqiboz sifatida qatnashish mumkin — shou ishchi va ommaviy qismlarga bo‘lingan (business days va public days). Har bir maqom ruxsat va cheklovlariga ega. Tadbirda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlargina tekin ishtirok etishi mumkin. Qolganlar ishtirokchi badalini to‘laydi yoki chipta xarid qiladi.

    Ekspozitsiya hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik salonlar Fransiya (Le-Burje) va Buyuk Britaniyada (Farnboro) o‘tkaziladi. Misol uchun, 2017-yilda Le-Burjeda 48 mamlakatdan 2 381 nafar ishtirokchi qatnashdi, shartnomalar qiymati esa 150 milliard dollarni tashkil etdi. Aynan imzolangan shartnomalar summasi salon ishchanligi ko‘rsatkichidir. Bu masalada faqat Le-Burje va Farnboro bir-biri bilan raqobatlasha oladi. Fuqarolik sektoridagi eng yirik buyurtmalar haqida aynan shu yerda e’lon qilinadi (harbiy shartnomalar odatda ommaga oshkor etilmaydi).

    Dunyoda boshqa ko‘plab salonlar ham mavjud. Ulardan ba’zilari hatto biznes-aviatsiya yoki harbiy texnikaga ixtisoslashgan. Salonlar qaysi shaklda bo‘lmasin, ular har doim mamlakatning obro‘si (mansabdorlar uchun) , “o‘zini ko‘rsatish va boshqalarni kuzatish” imkoniyati (biznes uchun) va dunyoqarashni kengaytirish imkoniyatidir (aviatsiya, kosmos ishqibozlari uchun).

    Milliardlar uchun raqobat

    Farnboro va Le-Burje tarixga kirgan: bu yerda odamlar fuqarolik aviatsiyasi taraqqiyotiga asos solgan parvozlarni amalga oshirgan. 1927-yilda amerikalik uchuvchi Charlz Lindberg ilk bor yakka holda Atlantika okeanidan uchib o‘tib, Le-Burjega qo‘ndi. O‘shanda Parijning ushbu shahri nomi dunyoga tanildi.

    XX asr o‘rtalariga qadar urushlar tufayli Fransiya va Buyuk Britaniyada aviashoular muntazam o‘tkazilmagan. Biroq keyinroq navbat belgilangan: juft yillarda aviatsiya jamoatchiligi Londonda, toq yillarda esa Parijda to‘planadi. Aviatsiya va kosmos yangiliklari aynan shu yerda namoyish etiladi. Eng yorqin misollardan — Boeing 747 jambo-jeti, Concorde tovushdan tez uchadigan samolyot, ikki qavatli Airbus A380, kompozit materiallardan ishlangan Boeing 787 Dreamliner, Virgin Galactic’dan samolyot raketa SS2, quyosh energiyasida harakatlanuvchi Solar Impulse, F-35 qiruvchi samolyoti kabilarni keltirish mumkin. Bunday eksponatlarga katta e’tibor qaratiladi, ularning yaratuvchilari esa mashhur nyusmeykerlarga aylanadi. Bunda asosiysi kamtarlik qilmaslik, aksincha, intervyular berish va dunyoga tanilishga tayyor turish. Bejizga Le-Burje a Farnboro shuhratparastlik aviatsiya yarmarkalari norasmiy nomini olmagan.

    Mazkur misollar aysbergning faqat ko‘rinib turgan qismi. Aviasalon o‘tkazilayotgan vaqt mobaynida bir necha o‘nlab potensial mijoz va yetkazib beruvchi bilan uchrashish va hamsuhbat bo‘lish, soha konferensiyalarida ishtirok etish, boshqalarni tinglash va o‘z prezentatsiyasi bilan chiqish qilish, qolaversa, loyiha uchun investorlar qidirish mumkin. 100 mingdan ortiq soha mutaxassislari yana qayerda to‘planishi mumkin?

    Samolyotlar va siyosat

    Le-Burje va Farnboro darajasidagi aviasalonlar iqtisodiy va siyosiy tarkibni birlashtiradi. Bir tomondan, bu milliardlab dollarlik shartnomalar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, siyosiy signallardir: masalan, qaysi yirik mansabdorlar unga tashrif buyurdi, qaysilari kelmadi, ularning tashrifi yoki hozir bo‘lmaganligi nimani anglatishi.

    2016-yilda Farnboro Brexit bo‘yicha referendumdan so‘ng o‘tkazildi. Uning natijalari aviashouda faol muhokama qilindi. Farnboroga mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronning kelish-kelmasligi salon birinchi kuni bosh savoliga aylandi: referendum natijalari uning siyosiy karyerasi yakunini anglatar edi. Kemeron salonga kelib, ko‘plab foto va videokameralar qarshisida jilmayib turdi va keyingi kuni iste’foga chiqdi.

    Fransiya yangi prezidenti Emmanyuel Makron esa aksincha, uning tarafdorlari g‘alaba qozongan parlament saylovlarining ikkinchi turidan keyingi kuni Le-Burjega tashrif buyurdi. Quyosh qizdirayotganiga qaramasdan, Makron ko‘cha eksponatlari bo‘yicha ekskursiyani qisqartirmadi va ko‘zdan kechirishni harbiy samolyotlardan boshladi.

    Le-Burje va Farnboro kabi biznes va siyosatni o‘zida birlashtiruvchi salonlardan tashqari dunyo bo‘yicha yana o‘nlab boshqa aerokosmik salonlar shakllandi. Ular, birinchi navbatda, mamlakatlar nufuzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ularda shartnomalar summasi birmuncha kamroq (ba’zilarida umuman yo‘q). Biroq ularda siyosiy jihat muhim: davlatlar birinchi shaxslari tashrifi, do‘stona mamlakatlar delegatsiyasi hozirligi, mahalliy aerokosmik soha erishgan yutuqlarni namoyish etish. Bu kabi salonlar Germaniya, Xitoy va Dubayda bo‘lib o‘tadi. Rossiyaning MAKS aviasaloni ham birinchi navbatda mamlakat nufuzi uchun faoliyat olib boradi. Ularning yuzaga kelish tarixi ham, eksponatlar to‘plami ham turli-tuman.

    Germaniyaning ILA aviasaloni umuman olganda Le-Burjening tengdoshi. Biroq Germaniya boshlagan urushlar tufayli dunyoning unga nisbatan yaxshi munosabatiga umid qilinmagan. Fransiya aviasaloni xalqaro vazn to‘play boshlagan bir paytda ILA mahalliy darajada qotib qoldi. Berlin aviasaloni juft yillarda o‘tkaziladi va u Germaniyaning aviatsiya va kosmos rivojiga qo‘shgan salmoqli ulushini namoyish etadi. ILA’ning har ochilishiga kansler Angela Merkel tashrif buyuradi.

    Airshow China ham juft yillarda o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, 1996-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Xitoyning aerokosmik sohadagi yutuqlari katta: o‘z orbital stansiyasi, raketalari, boshqariluvchi kosmik kemasi, mamlakat o‘z yo‘lovchi samolyotlari qurilishini yo‘lga qo‘ygan. Airshow China’da uchish qurilmalari bilan bir qatorda tanklar, bronetansportyorlar va o‘qotar qurollar ham namoyish etiladi.

    Dubai Airshow tarixi 1989-yildan boshlanadi. Uning ahamiyati Dubayning iqtisodiy taraqqiyoti bilan birga o‘sib bordi. Tadbir BAA bosh vaziri va Dubay amiri Al Maktum patronaji ostida o‘tkaziladi. 2013-yildan buyon aviashou Dubayning yangi aeroportida o‘tkaziladi. Aeroport devorlaridan so‘ng cho‘l boshlanib ketadi.

    Rossiyaning MAKSi 1993-yildan boshlangan. Unda tajriba sifatida barpo etilgan harbiy va istiqbolli fuqarolik samolyotlarini ko‘rish va mashhur kosmonavtlar, masalan, Aleksey Leonov bilan uchrashish mumkin. MAKS ochilishiga Vladimir Putin tashrif buyuradi. U prezident va bosh vazir maqomidagi boshqaruvi davomida atigi bir marta MAKSga kelmay qolgan.

    21.07.2017, 13:30   Izoh (0)   9468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MRB direktori: Rossiya AQShdagi prezidentlik saylovlariga 8 yildan beri aralashib keladi 

    21.07.2017, 13:17

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiyaga 1,6 mlrd yevro ajratishga rozi bo‘ldi

    21.07.2017, 13:04

    AQShda politsiyachi gumonlanuvchining uyiga bildirmay narkotik tashlab qo‘ydi va uni o‘zi “topib oldi” (video)

    21.07.2017, 11:12

    Dubayda qutqaruvchilar cho‘kib ketgan qizni tiriltirdi

    21.07.2017, 10:16

    Turkiyada 70 ga yaqin fuqaro zilziladan so‘ng tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi

    21.07.2017, 09:19

    Past tabaqa vakili Hindistonning yangi prezidenti etib saylandi

    21.07.2017, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.