Barak Obama. Virginiya orollari, Nekker oroli
Nekker xususiy kurort oroli Virgin Group korporatsiyasi asoschisi, Amerika Forbes’i reytingida 324-o‘rinda bo‘lgan ser Richard Brensonga tegishli.
Mehmonxonada ekzotik indoneziyacha uslubda bezatilgan oltita villa bor. Mehmonlarning maksimal soni — 28 kishi. Doimiy mehmonlar orasida Barak Obamaning oilasi ham bor. Villalarning har bittasi bir kecha uchun 5000 dollar turadi.Roman Abramovich. Fransiya dengiz orti hududlari, Sen-Bartelemi
1957-yilda Devid Rokfeller orolda ikkita yer maydonini sotib olgach, Sen-Bartelemi milliarderlar oroli maqomiga ega bo‘lgan. Rokfellerlar ortidan Sen-Bartelemiga Fordlar, Rotshildlar yo‘l oldi. Va orolda qimmatbaho do‘konlar, klublar, mehmonxonalar va restoranlar paydo bo‘ldi.
2009-yilda Roman Abramovich oroldagi eng qimmatbaho uyni — Devid Rokfellerning koshonasini 89 million dollarga sotib oldi. U o‘z ichiga bir nechta bungalo, basseynlar, tennis kortlari va bal raqslari uchun zallarni oladi.Bill Geyts. Xorvatiya, Xvar oroli
Xorvatiya janubidagi serquyosh orol ikkinchi “Lojuvard sohil” deb ataladi. Bu yerda dam olishga Beyonse, Tom Kruz, shahzoda Garri keladi.
ABC News ta’kidlashicha, sohillarga Roman Abramovich, Bill Geyts va Gollivud yulduzlari yaxtalari bog‘lab qo‘yiladi.Opra Uinfri. Fiji
Fiji — Amerika Forbes’ida 660-o‘rinda bo‘lgan, dunyodagi eng badavlat ayollardan biri Opra Uinfrining sevimli kurorti. Amerikalik teleboshlovchi va aktrisani Fijida Barak Obamaning yaqin doirasidagi do‘stlari hamrohligida ko‘rishgan.Uorren Baffet. AQSh, Kaliforniya, Laguna Bich
Laguna-Bichda yashovchilar orasida Amerika Forbes’ida 2-o‘rinda bo‘lgan Uorren Baffett ham bor. U kurort hali unchalik mashhur bo‘lmagan vaqtda — 1971-yilda u yerdan uy sotib olgan. Bu yil Baffett o‘z uyini 11 million dollarga sotuvga qo‘ygan.