Chempionlar xalqaro kubogining AQSh turnesida ishtirok etayotgan Manchester shahrining ikki super klubi bugun — 21-iyul tongida o‘zaro maydonga tushdi.
Bellashuv Joze Mourinyo shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 75 million yevroga xarid qilingan hujumchi Romelu Lukaku o‘tgan o‘yinda bo‘lgani kabi, bu safar ham o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi. Yana bir golga Markus Reshford mualliflik qildi.
Mazkur jamoalar bir yil avval ham Chempionlar xalqaro kubogida to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq Xitoydagi kuchli shamol va yomg‘ir o‘yinning bekor bo‘lishiga olib kelgandi.
Joze Mourinyo shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlik yuzasidan bungacha AQShning ikki klubini taslim qilgandi. Uchinchi o‘yinda ham omad “Yunayted” tomonida bo‘ldi.
Chempionlar xalqaro kubogi AQSh turnesi 21-iyul, juma
Izoh (0)