Gollivud yulduzi Leonardo di Kaprio o‘n yil avval Belizdagi kichik orolni sotib olgan edi, deb yozadi “Fotoshedevri”. O‘shandayoq aktyor uni atrof-muhitni qayta tiklovchi dunyodagi ilk kurortga aylantirishni rejalashtirgandi.
Leonardo ekologiya tizimini tozalash tarafdori ekanligini hamma yaxshi biladi. Kurort qurilishi atrofdagi suvlarni tozalab, buzilgan qirg‘oq chizig‘ini qayta tiklashni ko‘zda tutadi.
Di Kaprio ta’til chog‘ida shu orolga borib qolgan va baliqchilar ekotizimni buzayotganini tushungan. Bu uni orolni sotib olishga undagan. Barcha ishlar tugagach, orolda yangilanuvchi energiya manbalari ishlaydi.
Ayni paytda oroldan qolgan narsalarni saqlab qolish uchun u qayta tiklanmoqda. Qayta tiklash ishlarini 2018-yilda yakunlash rejalashtirilmoqda. Orol tashrifchilari uchun qat’iy qoidalar joriy etiladi.
Aktyorning loyihasiga ko‘ra, orolga yoysimon platforma biriktiriladi, u yerda villalar va sun’iy qoyalar bo‘ladi, baliqlar bemalol suzib yuradi. Orolda 68 ta villa va 48 ta alohida uy bo‘ladi, ularning har biri 5 dan 15 million dollargacha narxda bo‘ladi.
Izoh (0)