O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Pekinda Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi Men Szyanchju bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida Men Szyanchju Xitoy O‘zbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat yetakchilari erishgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirib o‘tdi. Bundan tashqari, “Kamar va yo‘l” tashabbusi borasida ishlarni kuchaytirish taklif qilindi.
O‘z navbatida, Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning Xitoy tajribasini o‘rganish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish niyatida ekanligini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)