Ispaniyaning Figeras shahrida musavvir Salvador Dali jasadining eksgumatsiyasi boshlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Dalining jasadi o‘zi tomonidan asos solingan teatr-muzeydagi qabrga ko‘milgan. Eksgumatsiya uchun 1,5 tonna og‘irlikdagi tosh plitani ko‘tarishga to‘g‘ri keldi.
Deutsche Welle’ga ko‘ra, ekspertlar birinchi galda jasadning holati va rassom tanasini mo‘miyolash uchun foydalanilgan kimyoviy moddalar ta’siridan so‘ng irsiy materiallar qolgan yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Ispaniya sudi otalikni DNK-test yordamida aniqlash uchun Dali jasadi eksgumatsiyasiga ruxsat berdi. 61 yoshli Mariya Pilar Abel Martines rassom uning otasi bo‘lganini da’vo qilmoqda
Izoh (0)