Public Policy Polling (PPP) o‘tkazgan yangi so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi saylovda Berni Sanders va boshqa demokratlarga yutqizadi. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, Tramp, agar tanlov u va sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘rtasida bo‘lsa, 13 punktgacha yo‘qotib, faqat 39 foiz qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi.
Shuningdek, so‘rov respondentlarning 53 foizi Barak Obamaning, 49 foizi esa Hillari Klintonning prezident bo‘lishini xohlashini ko‘rsatdi.
Izoh (0)