• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Odil Ahmedov: Namanganni karvonsaroyga aylantirishmasin! Biz yoshlar bilan ishlamoqchimiz

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Namanganda futbol akademiyasiga asos solish ishlarini boshlagani haqida xabar berilgandi. Ayni paytda vodiy bolalar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi musobaqasini o‘tkazish taraddudida.

    Musobaqaning asosiy tashkilotchisi hisoblangan Odil Ahmedov “Championat.asia” nashriga intervyu berib, bu borada ko‘ngli to‘lmayotgan jihatlarni ochiq-oydin bayon qildi.

    “Namanganda yoshlar futboli qayta oyoqqa turayotganini eshitgan vodiyliklardan juda ko‘p maktublar olyapman”, — deb gap boshladi faoliyatini “Shanxay SIPG” safida davom ettirayotgan futbolchi.

    “Navbahor”ning yangi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov klub o‘rinbosarlari uchun alohida sharoit yaratib berganini eshitdim va xursand bo‘ldim. Chunki bu ishimizni yengillashtiradi. Biz kollejdan yaxshi bolalarni yetishtirib beramiz. Keyin ular o‘rinbosarlar tarkibi orqali asosiy jamoaga joylashishi uchun ko‘maklashamiz yoki chetga chiqish bilan shug‘ullanamiz. Shu tomondan olib qaralsa, o‘rinbosarlarga bo‘lgan e’tibor juda muhim.

    Agar jamoa o‘z o‘rinbosarlariga jiddiy e’tibor qaratmasa, chetdan kelgan futbolchilar hozir klubni emas, o‘zini o‘ylaydigan bo‘lib qoldi. Tez kunlarda xorijdagi hamkorlarimiz bilan murabbiylar malakasini oshirish borasida ish boshlaymiz.

    Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi

    Odil cup

    Odil cup
    “Navbahor” o‘tgan mavsum oxirini ancha bo‘sh o‘tkazib, Birinchi liga yoqasiga kelib qolgandi. Keyinroq klubga Odil Ahmedov yordam berayotgani borasida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Ilhom Mo‘minjonovning Namangan jamoasiga tashrifidan keyin “Navbahor” bir amallab Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

    Shunga qaramay, klub ishlari keyinchalik baribir o‘nglanmagan. Ahmedov shu xususda ham to‘xtalib o‘tdi.

    O‘tgan yil jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi. O‘shanda qo‘limdan kelganicha yordam berdim. Bu yil ham shunday niyatim bor edi. Ammo klub Oliy ligada qolgach, men kerak bo‘lmay qoldim. Mayli, bunga qarshiligim yo‘q. Lekin amalda nima o‘zgardi?

    Mo‘minjonov menga yoshlarga e’tibor qaratishga va’da bergandi. Biroq yakunda rulni o‘z qo‘liga ola boshladi, xuddiki, barcha ishni u qildi. Bemalol ishlayversin. Lekin Namanganni karvonsaroy qilishmasin.

    Viktor Jalilovni ko‘pchilik yomon ko‘radi. Lekin u har doim 2—3 futbolchini kashf qilib ketgan. Bizga mana shunday murabbiylar kerak. Mo‘minjonov klubda yana qancha ishlaydi bilmayman. Biz esa ishni kechiktirmay, yoshlarga urg‘u berishimiz kerak, boshqa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

    Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi

    Foto: “Krasnodar”

    Foto: “Krasnodar”

    Odil Ahmedov yoshlarga bo‘lgan e’tiborni xorijdan tashrif buyurgan futbolchilarga bo‘lgan e’tibor bilan solishtirib berishga harakat qilgan. Bunda u aniq nomlardan foydalangan.

    Mana “Neymar”ni olaylik (Ahmad Mamadaliyev. 1997-yil tug‘ilgan). U nonvoy, kechalari non yopib chiqadi, keyin mashg‘ulotga keladi. Agar oilaviy holati shunday bo‘lsa, bola qanday qilib o‘sadi?

    Yovanovich nega yo‘qolib qoldi? Yoki “Navbahor” unga mashg‘ulot maydonimi, yil boshida o‘ynay olmay, oxirida gol uradigan! Yana urgan gollari ham g‘alaba keltirmagan. Bunday duranglarni mahalliy futbolchilar bilan ham qo‘lga kiritsa bo‘ladi. Yosh o‘yinchiga 10 marta imkoniyat bering, u ham 11-turdan keyin urishni boshlaydi. Gapirsa gap ko‘p...

    Azizbek Turg‘unboyev-chi? U o‘tgan yil oilaviy ahvolidan kelib chiqib, Rossiyaga ketishga tayyor turgandi. Chunki 2016-yil e’tiborsiz qoldi. Bu yil ham klubdan ketkazishayotgandi. Chunki familiyasi yo‘q-da! Nimadir bo‘ldi-yu, bitta o‘yindan keyin qoldi. Mana hozir asosiy tarkib futbolchisi. Namanganlik talantlar Rossiyaga ishlagani emas, o‘ynagani ketishi kerak! Mana shu falsafani ilgari surishni istardim.

    Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi

    Odil cup

    Odil cup

    Namanganda futbol akademiyasi vujudga kelayotgan bo‘lsa-da, bu yo‘lda qarshiliklar ham bo‘lib turgani aytildi. Odil Ahmedov barchasini o‘z mablag‘i hisobidan qilayotgan bo‘lsa-da, ish olg‘a siljishini sekinlashtirayotgan faktorlar bor.

    Muammo shundaki, shuncha ish qilinsa-da, to‘siqlar bo‘lib turibdi. Agar Namangandagi kollej va litseyni qayta oyoqqa turg‘izmasak, o‘rinbosarlar safiga bola qayerdan keladi? O‘rinbosarlarda futbolchi bo‘lmasa, asosiy tarkibga kim keladi?

    Yaqin kunlarda Namanganda ikkita katta sun’iy maydon qurilishi boshlanadi. Uni ko‘chadan kelganlardan pul ishlash uchun qilmayapman, yoshlar uchun joy bo‘lsin deyman. Shuni ham gapirib yurganlar, ish boshlashimiz uchun qarshilik qilayotganlar uchrab turibdi.

    Vodiy Chempionlar ligasi g‘oyasi ham o‘z-o‘zidan kelmadi. Kollej va litseyga yaxshi futbolchilarni saralab olaylik deyapmiz. Rauf Inileyev ham tekinga ishlamaydi, unga ham maoshni o‘zimiz beramiz. Mutaxassislarni Italiyaga, “Krasnodar” akademiyasiga yuborishni reja qilib turibman. Kollej va litseydagi barcha murabbiylarni qayta ko‘rib chiqib, ma’qulini olib qolish, ularni zamonaviy fikrlashga o‘rgatishimiz kerak. Rauf Inileyev shu ishlarga mas’ul bo‘ladi va biz istayotgan metodikaning qanday ishlayotganini nazorat qiladi. Inventarlar yaxshi bo‘lsin, bolakaylarning to‘p bilan muammosi bo‘lmasin. Xullas, hammasini a’lo qilishni o‘ylab qo‘yganmiz. Biroq qarshiliklar davom etaversa, men qanday ishlayman? Loyihani Toshkentga ko‘chiramanmi yoki Farg‘onaga? Menga qarshilik qilishmasa bo‘ldi, axir birovdan pul so‘rayotganim yo‘q-ku!

    Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi

    20.07.2017, 15:43   Izoh (0)   68164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘FFning 70 yoshga to‘lgan prezidenti Mirabror Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

    04.07.2017, 19:54

    KK—2017. 3-o‘rin Ronaldusiz maydonga tushgan Portugaliyaga nasib etdi. Bugun chempion nomi ma’lum bo‘ladi

    02.07.2017, 20:08

    KK—2017. Yarim final juftliklari ma’lum: Portugaliya—Chili, Germaniya—Meksika

    26.06.2017, 08:58

    Milliy termadan haydalish arafasida turgan Samvel Babayan tarqalib ketish ostonasidagi klub bilan muzokaralar o‘tkazdi

    25.06.2017, 20:12

    KK—2017. Bugun Germaniya—Kamerun va Chili—Avstraliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

    25.06.2017, 15:19

    Konfederatsiyalar kubogi. Rossiyaga o‘z uyidagi devorlar ham yordam bera olmadi, Portugaliya va Meksika esa yarim finalga chiqdi

    25.06.2017, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.