Janubiy Koreyaning Yesan uyezdida pishirib yeyish uchun boqilgan 149 ta it qutqarildi. Bu haqda Humane Society International jonivorlarni himoya qilish jamiyati press-relizida aytiladi.
Itlar fermasi egasi o‘z faoliyati turini o‘zgartirmoqchi bo‘lib, jonivorlar himoyachilariga yordam so‘rab murojaat qildi. U itlarni qo‘yib yuborib, qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. Tashkilot unga bu rejani amalga oshirishda yordam bermoqda.
Fermada boqilgan hayvonlarning ko‘pchiligini AQShdagi jonivorlar boshpanalariga yuborishdi. Bir nechta it bolalari esa ulg‘ayguniga qadar Janubiy Koreyada qoladigan bo‘ldi.
Izoh (0)