Germaniya Turkiyaga nisbatan ilgarigidek siyosat yurgiza olmaydi. Bu haqda Berilnda bo‘lib o‘tgan suhbatda mamlakat tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz Turkiyaga nisbatan siyosatimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim”, — ta’kidladi u, ikki davlatning munosabatlari yomonlashuviga munosabat bildirar ekan.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, bunday nuqtai nazarni kansler Angela Merkel ham qo‘llab-quvvatlaydi.
“Turkiyadagi vaziyat shaffof emas, har narsani o‘z oti bilan atash kerak”, — qo‘shimcha qildi TIV rahbari va Anqara Yevropa qadriyatlariga qaytishiga umid bildirdi.
Izoh (0)