• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    MH17 reysi fojiasi: 3 yil o‘tib yangi tafsilotlar

    2014-yil 17-iyulida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan paytda Donetsk viloyati osmonida urib tushirilgan edi. Buning oqibatida 283 yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi, jami o‘n mamlakat fuqarosi halok bo‘ldi.

    Mazkur voqeadan oldinroq Ukraina mojaro zonasi ustidagi havo hududini yopmadi. Nega fojiadan bir sutka avval bu Rossiya tomonidan amalga oshirildi? Fojianing yangi tafsilotlari bilan Forbes nashri bo‘lishadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ukraina mamlakat janubi-sharqidagi qurollangan mojaro zonasi ustidagi havo hududini yopmaganligi haqida juda ko‘p marta ma’lum qilindi. Jumladan,  2015-yilning 22-oktabrida chop etilgan Niderlandiya Xavfsizlik kengashining (DSB) texnik surishtiruv natijalari bo‘yicha Yakuniy hisobotida ushbu mavzu batafsil tahlil qilindi. Ukrainaga qarshi barcha dalilllar u havo hududini to‘liq yopishi kerak bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shunda 2014-yilning 17-iyulida aksilterrorchilik operatsiyasi zonasida urib tushirilgan, Amsterdamdan Kuala-Lumpurga biroz boshqa yo‘nalishda uchgan Malayziyaning Boeing 777 samolyoti omon qolgan bo‘lardi.

    Biroq hammasi birinchi ko‘ringani kabi oddiy emas.

    Ukraina aksilterrorchilik zonasi ustidagi havo hududini yopishi mumkin bo‘lganligi, biroq bunga majbur bo‘lmaganligini tanlil qilsak. Bu jihatdan Ukraina havo hududini yopmaganligi uchun biror tarzda jazolanuvchi aybdor bo‘lmaydi. Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining me’yorlari harbiy mojarolar hududlarida havo hududini to‘liq yopishga majbur ekanligini belgilamaydi.

    Mavjud xalqaro tajribada milliy aviaregulyatorlar havo harakatini ularda mavjud ma’lumotlardan, ma’lum bir hududdan parvoz qilish tahdidlarini o‘z baholashidan kelib chiqib cheklaydi.

    2014-yilning 17-iyulidagi fojiadan so‘ng Ukrainaga nisbatan ko‘plab ayblovlar, jumladan, u havo hududini ochko‘zlikdan, o‘z hududidan tranzit parvoz uchun to‘lovni yo‘qotmaslik uchun yopmaganligi ma’lum qilindi.

    Shu tariqa, Ukrainaning aksilterrorchilik zonasidan o‘tuvchi havo hududini fuqarolik aviatsiyasi parvozi uchun to‘liq yopmaganligi uchun javobgarligi bor, biroq u axloqiy jihatga mansub bo‘lib, faqat yuz bergan fojiadan so‘ng ayon bo‘ldi.

    Ukrainaning havo hududini yopmaganligi bilan bog‘liq mavzu shu bilan yakunlangandek va bundan keyingi vaziyat sud qaroriga bog‘liqdek ko‘rinadi. Biroq bu voqeaning deyarli detektiv davomi bor.

    Agar DSB yakuniy hisoboti 180-sahifasini ochsangiz Rossiya kutilmaganda 2014-yilning 17-iyuliga o‘tar kechasi Ukraina bilan chegaradosh havo hududida Havo harakati tashkiloti yagona tizimi Rostov mintaqaviy markazi javobgarligi zonasida 16 kilometrdan ortiq balandlikkacha fuqarolik aviatsiyasi parvozlari uchun cheklov joriy qilgan NOTAM UUUUV6158/14 hujjatni qabul qilganini ko‘rishingiz mumkin. Bu masofa “Buk” zenit-raketa kompleksi nishonga tegizishi mumkin bo‘lgan maksimal balandlik bilan teng (18 kilometr atrofida). Cheklovdan 17 soat 20 daqiqa o‘tib Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududidan allaqanday “Buk” zenit-raketa kompleksi Malayziyaning Boeing samolyotini yo‘lovchilari bilan birga urib tushiradi.

    O‘ylab ko‘ring: Ukraina janubi-shaqrida bir necha oydan buyon qurolli mojaro davom etmoqda va bu hududda Ukraina “Buk”lari joylashtirilgan — mazkur davr mobaynida Rossiya havo harakatini boshqarish xizmatlarini bu holat sira tashvishlantirmaydi. Ukraina “Buk”lari ishga solinmaydi va Rossiya tamoman xotirjam. Mojaro kuchayib borishi bilan separatistlar qayerdandir olingan ko‘chma zenit-raketa komplekslari yordamida Ukraina harbiy aviatsiyasini urib tushira boshladi. Urib tushirish bilan bog‘liq har bir holatdan so‘ng Ukraina fuqarolik aviatsiyasi parvozlari uchun vaqtinchalik cheklovlar (bir necha soatdan bir necha kungacha) joriy etadi. Rossiya pinagini buzmaydi. Separatistlar nishonga tegizadigan havo marralari o‘sib borishi bilan fuqarolik aviatsiyasi parvozlari balandligi uchun taqiqlar ham oshib boradi: dastlab bir yarim kilometrdan (5 ming fut) past balandlikda uchish taqiqlangan bo‘lsa, keyinroq (2014-yilning 6—30-iyuni mobaynida) FL260 eshelondan (7 925 metr) past uchish taqiqlandi. Rossiya hamon hech qanday chora ko‘rmadi.

    2014-yilning 14-iyulida Ukraina fuqarolik tranzit havo kemalarining aksilterrorchilik zonasidan uchish minimal balandligini FL320 esheloni (9 754 metr) bilan cheklaydi. Rossiya yana ikki kun kutib, 16-iyul kuni o‘z havo hududining Donbass bilan chegaradosh qismida bir-yo‘la 16 150  metrdan past parvozlarni taqiqlovchi hujjatni chiqardi (17-iyulga o‘tar kechasi kuchga kirgan). Boshqacha aytganda, 2014-yil 17-iyul 00:00 dan boshlab Rossiyaning Ukraina aksilterrorchilik zonasi bilan chegaradosh havo hududida fuqarolik samolyotlariga “Buk” zenit-raketa kompleksi nishonga tegishi mumkin bo‘lgan balandlikda uchish taqiqlanadi.

    Ya’ni shu paytga qadar aksilterrorchilik zonasidagi Ukraina “Buk”lari Rossiya havo hududini nazorat qilish xizmatlarini mutlaqo qiziqtirmagan, 17-iyul 00:00 dan boshlab esa ular kutilmaganda g‘oyat xavfli bo‘lib qoladi. Bir necha oy davomida aksilterrorchilik zonasida tinchgina turgan “Buk”lar 17-iyulga o‘tar kechasi kutilmaganda (Rossiyaning fikricha) Rossiya chegara havo hududiga qarata o‘q uzmoqchi bo‘lib qoladi. Rossiya bunga (oldindan!) tayyorgarlik ko‘rishi bilan allaqanday “Buk” yo‘lovchi samolyotini urib tushiradi — siz voqealarning bu kabi g‘aroyib mos tushishga ishonasizmi?

    Bundan keyingi voqealar yanada qiziqarli tus oladi! DSB surishtiruvi davomida Rossiya tomonini fuqarolik aviatsiyasi parvozlari bo‘yicha cheklov joriy qilish sabablari so‘ralganda, Rosaviatsiya cheklov “Ukraina bilan chegaradosh havo hududidagi cheklovchi choralarni muvofiqlashtirish” uchun joriy etilganligi ma’lum qilinadi. Aslida esa hech qanday muvofiqlik yuzaga kelmaydi — Ukraina havo hududini 9 454 metrgacha balandlikda yopadi, undan yuqorida uchish mumkin bo‘ladi, Rossiya esa o‘z havo hududini ancha yuqori 16 150 metrgacha yopdi, bu esa fuqarolik aviatsiyasi parvozlarini to‘liq cheklashni anglatadi.

    DSB ekspertlarining ikki taqiq o‘rtasidagi tafovut bo‘yicha, ya’ni Rossiya Ukrainanikiga qaraganda balandroq, aynan 16 kilometrdan ortiq balandlikka taqiq joriy etganligi sabablari haqidagi savoliga Rossiya hech qanday javob qaytarmadi.

    Biroq bu hali hammasi emas! 2014-yilning 17-iyul kuni MH17 reysi marshruti Rostov mintaqaviy markazi javobgarligi ostidagi hududdan o‘tgan. 17-iyulga o‘tar kechasi kuchga kirgan cheklov tufayli Rostov dispetcheri FL330 esheloni bo‘yicha harakatlanayotgan Malayziyaning Boeing 777 samolyoti Rossiya davlat chegarasini kesib o‘ta turib Rossiya havo hududining fuqarolik aviatsiyasi parvozlari taqiqlangan zonasiga kirishini bilgan va jim turgan...

    Uch yil davomida Kiyev, BMT Xavfsizlik kengashi, OBSE, Gollandiya ekspertlari, tergovchilar va boshqalarga ko‘plab savollar bilan murojaat qildik. Endi navbat Rosaviatsiya va boshqarma rahbari o‘rinbosari Oleg Storchevga savollarga:

    - nega Rossiyaning chegara hududlarida fuqarolik aviatsiyasi parvozlari bo‘yicha cheklovlar aynan 2014-yilning 17-iyulida, MH17 reysi halokati kuni kuchga kirdi?

    - nega Rostov mintaqaviy markazi dispetcherlari 2014-yilning 16-iyul kuni 16 150 metr balandlikda parvozlarni cheklovchi NOTAM UUUUV6158/14 hujjatini olganligi va u 17-iyul 00:00 da kuchga kirganligiga qaramasdan, unga umuman rioya qilmasdan, chegara havo hududida xizmat ko‘rsatishda davom etgan? Nega bir yuzi ellikka yaqin reys 2014-yilning 17-iyul kuni Rossiyaning yopiq havo hududidan o‘tishga ulgurgan?

    - nega fuqarolik aviatsiyasi parvozlarining FL530 eshelondan past uchishi bo‘yicha cheklovlardan xabardor etilgan Rostov dispetcheri ekipajga yopiq havo hududiga yaqinlashayotganligi haqida ma’lum qilish o‘rniga MH17 reysini Rossiya—Ukraina chegarasida kuzatuvga olishga tayyorgarlik ko‘rgan?

    - nega rossiyalik rasmiy shaxslardan hech kim hech qayerda va hech qachon Ukrainaning aksilterrorchilik operatsiyasi zonasida havo hududini yopmaganligi haqida gapira turib, “Nega Rossiya cheklov joriy qilgani holda Ukraina qurolli mojaro zonasidagi o‘z havo hududini yopmadi” degan savolga to‘xtalmadi?

    19.07.2017, 16:44   Izoh (0)   15987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘tgan hafta davomida Yaponiyada issiqdan olti kishi halok bo‘ldi

    19.07.2017, 16:02

    OAV: Trampning kuyovi maxfiy ma’lumotlar bilan tanishish huquqidan mahrum etilishi mumkin

    19.07.2017, 15:20

    Argentinada sovuqdan yetti kishi halok bo‘ldi

    19.07.2017, 14:10

    AQSh Senatidagi respublikachilarga Obamacare’ni bekor qilish uchun ovozlar yetmayotganligi ma’lum bo‘ldi

    19.07.2017, 13:28

    Olov ostida qolgan Xorvatiya va Chernogoriya (video)

    19.07.2017, 13:00

    Ko‘pchilik odamlar qalbaki suratlarni ajrata olmasligi aniqlandi

    19.07.2017, 12:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.