Isroillik talaba qiz Rotem Bides Polshadagi sobiq Osvensim konslageriga olti marta tashrif buyurib, har safar u yerdan qandaydir eksponatni o‘g‘irlab chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Beyt-Berl” kolleji san’at fakultetining 27 yoshli talabasi sobiq o‘lim lageridan idishlar, metall bolt, bir nechta siniq va muzey hududidan hech narsa olib chiqib ketishi mumkin emasligi yozilgan lavhani o‘g‘irlaganini tan oldi.
Bidesning o‘zi bu ishlarini qoidabuzarlik deb hisoblamayapti, negaki u mazkur buyumlardan o‘z art-loyihasida foydalangan.
“Beyt-Berl” uning loyihasini talabalar ishlari ko‘rgazmasidan olib tashladi, Bidesga nisbatan surishtiruv o‘tkaziladigan bo‘ldi. Kollejning rasmiy bayonotida qizning xatti-harakatlari qoralandi.
Izoh (0)