O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohatini qishga qadar davolaydi. Bu haqda uning o‘zi “Chempionat” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Safga qaytish haqida gapirishga hali erta. Tanamning ma’lum qismlariga sekin-asta zo‘riqish berishni endigina boshladik. Har kuni bu qanday reaksiya berishini kuzatib bormoqdamiz.Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriya, Qatar va Eronga qarshi o‘yinlarida ishtirok eta olmagandi. Bu bellashuvlarning 2 tasida Samvel Babayan shogirdlari imkoniyatni boy berdi.Yugurishni boshlaganimga u qadar ko‘p bo‘lmadi. Umid qilamanki, yaqin vaqt ichida ahvolim yaxshi tomonga o‘zgaradi. Hozir qishki tanaffusga qadar safga qaytishga umid qilyapman.
Vitaliy Denisov, “Lokomotiv” (Moskva) himoyachisi
Futbolchining fikrlaridan kelib chiqilsa, u 31-avgust Xitoy va 5-sentabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarda ham ishtirok etmaydi. Babayan uning pozitsiyasida o‘ynatayotgan Stanislav Andreyev Eron bilan o‘yinda jarohat olgach, chap qanotda o‘ng qanot himoyachisi Akmal Shorahmedov o‘ynagandi.
Izoh (0)