Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda vaziyat tartibini yana uch oyga uzaytirdi. Ovoz berish Turkiya hukumati so‘roviga binoan 17-iyul kuni o‘tkazildi, deb xabar beradi “TASS”.
Favqulodda vaziyat tartibining amal qilish muxlati 19-iyulda tamom bo‘lishi kerak edi. Muqaddam u uch marta 90 kunga uzaytirilgan edi.
Parlament qarori ratifikatsiya qilinib, hukumatning rasmiy xabarnomasida chop etilganidan so‘ng u favqulodda vaziyat 20-oktabrgacha o‘rnatiladi.
Izoh (0)