Somali hududida 3 haftadan oshiq davom etgan internetdan uzilish mamlakatga kuniga 10 million dollarga tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Internet uzilishidan Somalining markaziy va janubiy qismi, jumladan, poytaxt Mogadisho eng ko‘p jabr chekdi. Ko‘plab davlat va bank operatsiyalari amalga oshirilmadi, OAV va o‘quv muassasalari faoliyatiga putur yetdi. Hukumat esa yuz bergan holatni “yirik falokat” deb atadi.
All Africa nashriga ko‘ra, mamlakatda internet ishlamay qolishiga Mogadishoga yuk olib kelgan MSC Alice kemasi suv osti optik tolali kabelini shikastlashi sabab bo‘ldi.
Mazkur hodisa tufayli kema va uning ekipaji qo‘lga olindi. Hukumat MSC Alice tegishli bo‘lgan kompaniyadan tovon talab qilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)