Ukraina Donbass va Qrim hududida o‘z suverenitetini tiklaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko 18-iyul kuni Gruziyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“‘Novorossiya’ loyihasi ko‘mildi. Ukraina Donbass va Qrim ustidan suverenitetini tiklaydi”, – dedi u.
Poroshenko tan olinmagan DNR yetakchisi siyosiy arbob emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Zaxarchenko — siyosiy arbob emas, balki Kreml bayonotlarini takrorlovchi qo‘g‘irchoqdir”, — dedi u.
Bir muddat ilgari Zaxarchenko Donbass hududida Malorossiya degan yangi davlat tuzilganini e’lon qilgan edi.
Ukraina uch tomonlama aloqa guruhida Donbassdagi vaziyatni muhokamaga qo‘yadi.
Izoh (0)