Buxoro viloyat IIB bo‘ysunuvchi PPX batalyoni xodimlari Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasida joylashgan “Avtoshoh bekat”da shubha uyg‘otgan yigitni to‘xtatib tekshiruv o‘tkazdi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Guliston qishlog‘ida yashovchi, ma’lumoti oliy, vaqtincha ishsiz, 1992-yilda tug‘ilgan Sherozi Jo‘rayev bo‘lib chiqqan. Uning qo‘lidagi qora rangli sport sumkasida 10 dona boshi uzilgan tovuqlar va sariq rangli qopda tovuqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa-yemlari borligi aniqlangan.
Surishtiruv davomida fuqaro Jo‘rayev ushbu 10 dona boshi uzilgan tovuqlar va sariq rangli qopda tovuqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa-yemlarni Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan “Xodiyeva-Mubina” dala fermer xo‘jaligidan sherigi, 1963- yilda tug‘ilgan Muborak tumanida istiqomat qiluvchi Toji Shoyraimov bilan birgalikda ferma hududidan o‘g‘rilab, uyiga olib borayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal qilishlik uchun Buxoro shahar IIBga yuborildi.
Izoh (0)