Avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla mashinasi Minnesota shtatida yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Star Tribune nashriga ko‘ra, Minneapolis yaqinida yashovchi Devid Klark boshqargan va avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla harakatlanish chog‘i birdaniga tezlashgan hamda yo‘l chetiga chiqib ketgan. Shundan so‘ng trassa yonidagi botqoqlikka ag‘darilgan.
Mashinada 4 nafar yo‘lovchi bor edi. Ularning barchasi va haydovchi jarohatlandi. Politsiya tekshiruv olib borilishini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Tesla kompaniyasi haydovchining so‘zlarini shubha ostiga oldi va YTHdan avval avtopilot funksiyasi noto‘g‘ri ishlagan deb hisoblashga “asos yo‘qligi”ni bildirdi.
Izoh (0)