O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Server Jeparov keyingi 1 yilini Tehronning “Istiqlol” klubi safida o‘tkazadi, deb yozdi “Sports.uz”.
Qishki mavsumda Jeparov tehronliklar bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Biroq xalqaro futbol uyushmasi FIFA “Istiqlol” uchun yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygani uchun, Jeparov yarim yilga “Sepaxon” uchun ijaraga berilgandi.
Ortda qolgan yarim mavsum davomida Jeparov “Sepahon”ning 10 ta o‘yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqt davomida “Istiqlol” bilan tuzilgan shartnomaning yarim yili tugab bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Jeparov “Istiqlol”ning Armanistonda o‘tadigan yig‘inida ishtirok etadi.
Yakuniga yetgan fors chempionatini Jeparov to‘p surgan “Sepaxon” 5-o‘rinda tugatdi. Futbolchining asl jamoasi “Istiqlol” esa peshqadamdan 9 ochko kamroq jamg‘arib, kumush medallarga ega chiqdi.
Izoh (0)