Ispaniya poytaxtidagi attraksionlar bog‘i ikki poyezd tarkibining to‘qnashuvi tufayli 33 kishi jabrlandi. Bu haqda Madrid favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur attraksiondagi kishilar yengil jarohat olgani, ulardan 27 nafari kasalxonaga yetkazilgani bildirilmoqda. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida 10 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar bola bor.
Bog‘ vakili birinchi galda barcha jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishi, keyinroq esa ushbu holat sababalari ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)