23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga chiqish uchun Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi saralash o‘yinlarida ishtirok etmoqda.
Amirliklar mezbonlik qilayotgan saralashning ilk turida o‘zbekistonlik futbolchilar Livan ustidan 3:1 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. Bugun — 17-iyul kuni jamoa 2-turni Nepalga qarshi o‘tkazadi. Nepalliklar ilk turda mezbon BAAdan 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
O‘zbekistonning Nepalga qarshi o‘yini Toshkent vaqti bilan 19:25 da start oladi. BAA — Livan uchrashuvi esa 22:15 ga tayin qilingan.
Saralash uchrashuvlari “Sport” telekanali tomonidan namoyish etilmaydi.