Amirliklarning amaldagi chempioni hisoblangan “Al-Jazira” o‘z safini yana bir tajribali futbolchi bilan boyitdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
11 yil davomida “Al-Ahli” sharafini himoya qilib kelgan hujumchi Ahmad Halil ham faoliyatini “Al-Jazira”da davom ettiradi. 2004-yildan buyon BAA milliy terma jamoasiga jalb qilib kelinadigan hujumchi bilan shartnoma qanchaga mo‘ljallangani borasida aniq ma’lumot berilmagan.
Avvalroq “Al-Jazira” o‘zbekistonlik Sardor Rashidov, shuningdek, Mubarak Bussufa, Lassana Diara kabi legioner futbolchilar bilan ham shartnoma imzolagandi.
Ma’lumot uchun, shu yilning dekabr oyida “Al-Jazira” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Izoh (0)