AQSh prezidenti Donald Trampning aprel–iyun oylarida advokatlarga 677826 dollar ishlatdi. Bu haqda, Federal saylov komissiyasiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu pullarning 50 ming dollarlik qismi 27-iyun kuni Kichik Donald Trampning manfaatlarini himoya qiluvchi nyu-yorklik advokat Alan Futerfasga o‘tkazilgan edi.
The New York Times gazetasi Trapmning o‘g‘li rossiyalik advokat Natalya Veselnitskaya bilan uchrashgani haqida xabar tarqatganidan so‘ng ushbu o‘tkazma amalga oshirilgan.
Tramp prezidentligining dastlabki uch oyida advokatlarga 249344 dollar sarflagan edi.
Izoh (0)