Fransiyaning milliy bayrami — Bastiliyaning qulashi (14-iyul) kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlari davomida 900 ga yaqin mashina yoqib yuborildi, 370 ga yaqin odam hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat IIVning axborotiga qaraganda, 13–14-iyul kunlari jami 897 avtomobil yoqib yuborilgan, 368 kishi ushlangan.
2016-yil shu kunlari 855 mashina yoqilgan, 577 kishi ushlangan edi.
Izoh (0)