AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp Parijni tark etdi, lekin Tramp Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makronni “ajoyib forma”da ekanligi bilan maqtagani, Melaniya xonim esa o‘z liboslari bilan Christian Dior moda tanqidchilarini hayratga solgani matbuotda hali ham muhokama qilinmoqda. “Gazeta.ru” Melaniya Trampning xalqaro tashriflardagi liboslari diplomatiya quroli ekanligini ta’kidlamoqda.
Melaniya Tramp rasmiy tashriflar uchun tanlaydigan liboslar u ar-Riyodda samolyotdan tushgani hamon butun dunyo matbuoti diqqatini o‘zida jamladi. 20-may kuni AQShning birinchi xonimi Saudiya Arabistoniga eri bilan birga borgan edi.
Boshi yopilmagan, kombinezon kiygan Tramp xonimning ko‘rinishi tahlilchilar tomonidan quyidagicha talqin qilindi: u mahalliy an’analarga hurmat ko‘rsatdi, ammo o‘z chegaralarini ham belgilab oldi. Safar sayin uning bu maqsadi yanada oydinlashib bordi — Melaniyaning Isroildagi, Vatikandagi, Germaniyadagi va Polshadagi liboslari u jamoatchilik oldiga har chiqish oldidan chuqur o‘ylashini ko‘rsatdi. Bu nimadan dalolat? Melaniya Tramp kamida birinchi xonim vazifasining uddasidan chiqayotganidan dalolat, deyiladi materialda.Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoniga AQShning birinchi xonimi nima kiyib borishi jamoatchilikni ko‘p o‘ylantirdi va jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Prezidentning rafiqasi bu safar ham o‘z uslubiga xiyonat qilmadi. Prezident samolyoti trapidan u Stella McCartney taqdim etgan 949 yevrolik qora kombinezonda tushdi. Libos uning badanini butunlay yopar edi. U musulmon davlatiga boshini yopmay kelgani bilan, libos to‘liq hayo saqlashi va mahalliy ayollarning libosi — abayaga o‘xshashi tanqidchilarga ma’qul keldi.Isroil
Isroilga tashrif chog‘ida Tramp xonim mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Samolyotdan birinchi xonim Michael Kors taqdim etgan 997 dollarlik kostyumda tushdi. Uning bu ko‘rinishi ham matbuotda ko‘p muhokama qilindi. Keyingi ishchi uchrashuvlar uchun Melaniya Dolce & Gabbana’dan qora ko‘ylak, shuningdek, Serbiyaning Roksanda brendidan 2730 dollarlik midi ko‘ylakni tanladi.Vatikan
Rim papasi bilan uchrashuv chog‘ida Melaniya Tramp an’anaviy kiyinishga qaror qildi. U uzun yengli qora ko‘ylak kiyib, boshini qora ro‘mol bilan yopdi. Ishchi uchrashuvga mos liboslarni u, odatdagiday, Dolce & Gabbana brendidan topdi.Bryussel
Bryusseldagi ishchi uchrashuvda Donald Trampning rafiqasi yana maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Dastlab u atlasli nyud libosida chiqdi — uni belgiyalik dizayner Maison Ullens taqdim etdi. Qirolicha bilan tushlikda esa Melaniya Dolce & Gabbana’dan olingan qora to‘rli libosda bo‘ldi.Sitsiliya
Sitsiliyadagi G7 mamlakatlari sammitida Melaniya yana Dolce & Gabbana’ga bo‘lgan muhabbatini namoyish etdi. Brendning vatanida bu ayniqsa puxta o‘ylangan diplomatik qadam bo‘ldi. Birinchi xonim yozgi jaketda jamoatchilik oldiga chiqdi. Qadimgi Teatrdagi La Skala filarmoniya orkestri konsertiga esa u kumushrang midida bordi. Yana Dolce & Gabbana taqdim etgan ushbu libos 40 ming dollar turadi.Polsha
Varvashada Kopernik nomidagi ilmiy markazga tashrif buyurgan Tramp xonim uch rangli libos kiydi. Ispaniyaning Delpozo brendi taqdim etgan libos to‘q ko‘k viskozadan tikilgan. Libos narxi — 2,2 ming yevro.Germaniya
G20 sammitida Melaniya popukli oq ko‘ylak kiygan holda jamoatchilik qarshisida namoyon bo‘ldi. AQShning Michael Kors brendi taqdim etgan libos qariyb 3 ming dollar turadi. Bunga qo‘shimcha sifatida xonim Christian Louboutin brendining 1,4 ming dollar turadigan qizil poyafzalini tanladi.Fransiya
Parijga yo‘l olar ekan, Melaniya Christian Dior milliy modalar uyiga hurmat ko‘rsatdi. Sobiq model qizil kostyumda edi. Birinchi xonim va uning stilisti Erve Pyer bu bilan modalar uyining 70 yilligiga hurmat ko‘rsatishga qaror qildi.
Rasmiy tushlikda AQShning birinchi xonim Erve Pyer tayyorlagan uch rangli libosni kiydi, paradda esa gulli bezak berilgan Valentino midi-libosida paydo bo‘ldi.
Izoh (0)