Eronda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi hibsga olindi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Husayn Faridun moliyaviy qalloblikda ayblanmoqda.
“Kecha u garov evaziga qo‘yib yuborildi, lekin shartlar bajarilmagani uchun qaytadan hibsga otildi”, — ma’lum qildi agentlik manbasi.
Faridunga qarshi bir necha ish ko‘rib chiqilmoqda. U bilan bir qatorda yana bir necha kishi hibsda ushlab turilibdi.
Husayn Faridun 2015-yili Eronning yadroviy dastur bo‘yicha maxsus vakili sifatida muzokaralarda ishtirok etgan edi.
Izoh (0)