AQSh Senati sobiq prezident Barak Obamaning sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotini bekor qilish yuzasidan ovoz berish jarayonini biroz ortga surishga qaror qildi. Senator Jon Makkeynning ko‘zini operatsiya qildirgani va ayni paytda reabilitatsiya jarayoni o‘tayotgani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
“Jon tuzalguniga qadar senatorlar qonunchilik tashabbuslari bo‘yicha ishni davom ettiradi va qonunni ko‘rib chiqishni qoldiradi”, — ma’lum qildi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell.
Aytilishicha, Makkeynning chap ko‘zi ustidagi 5 santimetrlik qotib qolgan qonni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. Operatsiya senatorning qoshi orqali amalga oshirildi.
Makkeynning vakili senator Arizona shtatida bir hafta qolishini bildirdi.
Izoh (0)