Toshkent viloyati Piskent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uch bosh qoramollarini noma’lum shaxs dala maydonidan o‘g‘irlab ketgan, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
4-iyul kuni Piskent tumani IIBga ushbu tumanda yashovchi, uy bekasi, 1958-yilda tug‘ilgan Saodat O‘rmonova (ismlar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 3-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs shu ko‘chada joylashgan “G‘ofir-Agro” fermer xo‘jaligi yer maydoni chetidan unga tegishli umumiy narxi taxminan 6 million so‘m bo‘lgan, bog‘lab qo‘yilgan 3 bosh qoramolini o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1993-yilda tug‘ilgan S. R. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Izoh (0)