Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi kollejni 11 yillik maktabga aylantirish taklifini ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrifi davomida Islomobod mahallasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Islomobod mahallasida 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo‘q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga qatnashga majbur.
“Uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar hududdagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini 11 yillik maktabga aylantirish taklifini bildirdi. Prezident ushbu taklifni ko‘rib chiqish uchun mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kollejga o‘tishni o‘quvchining o‘zi tanlasin