Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Yamanda tarqalgan vabo epidemiyasi qo‘shni Saudiya Arabistoniga haj amallarini bajarish maqsadida yo‘l olgan ziyoratchilar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Ayni vaqtda Yamanda va boshqa ba’zi Afrika mamlakatlarida tarqalgan vabo Saudiya Arabistonida haj amallarini bajarayotgan barcha ziyoratchilar uchun, hatto ular o‘z vatanlariga qaytganidan keyin ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Shu bilan birga tashkilotning vaboga qarshi kurashish bo‘yicha eksperti Dominik Legros, Saudiya Arabistoni virusning tarqalmasligi uchun “yaxshi tayyorlangan”ligini ta’kidlab o‘tdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yamanda 330 ming odam vaboga chalingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi