Italiyaning “Milan” klubi Leonardo Bonuchchini o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda klub rasmiy sayti rasman ma’lum qildi va “Yuventus” bilan muzokaralar ijobiy yakun topgani haqida aytdi.
Italiya milliy terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri bo‘lgan Bonuchchi o‘zining keyingi 5 yilini Milanda o‘tkazadi. 2010-yil turinliklar safiga borib qo‘shilgan himoyachi, “Yuventus” uchun 300 dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushdi. U Italiyada yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni aynan “Yuventus” bilan qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida esa ikki bor finalda to‘p surdi.
“Milan” Bonuchchi uchun “Yuventus”ga 42 million yevro to‘lab beradi. Bu pullar 3 yil ichida o‘tkazib borilishi qayd etilgan.
Avvalroq 30 yoshli himoyachi “Milan”dan har yili 6,5 million yevro maosh olishi aytilgandi. Bundan tashqari shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh (0)