Yoz uchun bop bo‘lgan yaxna sho‘rva uchun zardobni tayyor holda do‘konlarda sotib olishingiz yoki uyda o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun qatiqni idishga solib, olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach, past olovda biroz tuting, qatiq tvorog va zardobga ajralib qoladi, shunda zardobni sizdirib olishingiz mumkin. Tvorogni ham bemalol iste’mol qilishingiz mumkin.
Zarur masalliqlar:
- 2 litr qatiq yoki zardob
- 100 ml smetana
- 200 g qaynatilgan go‘sht
- 2 ta tuxum
- 2 ta kartoshka
- 2 ta bodring
- 200 g rediska
- yarimta limon
- 1 bog‘ ko‘kat
- ta’bga ko‘ra murch
- ta’bga ko‘ra tuz
Tayyorlanishi:
Tuxumni qattiq qilib qaynating, sovitib, tozalang va katta-katta kubik shaklida to‘g‘rang.Kartoshkani po‘sti bilan qaynating, sovitib, tozalang va uni ham kubik qilib to‘g‘rang.
Bodring va rediskani ham shunday shaklda to‘g‘rang. Ko‘katni maydalang. Qaynatilgan go‘shtni ham kubik qilib to‘g‘rang. Limonning suvini siqib oling.
Barcha masalliqlarni birlashtiring, tuz va murch seping. Dasturxonga tortishdan oldin okroshkani soviting va smetana qo‘shing.
Manba: “Lady.tochka.net”
Izoh (0)