Yangi mavsum arafasida Yevropa klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishni boshlab yuborgan.
Kecha — 13-iyul kuni Angliyaning “Everton” va “Arsenal” klublari tanaffusdan keyingi nazorat o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Liverpulliklar Keniya klubini, londonliklar esa Avstraliya klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Arsenal” tarixidagi eng qimmat transfer sababchisi Aleksandr Lyakazett o‘zining norasmiy debyutida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “To‘pchilar” hujumchini “Lion”dan sotib olgandi.
O‘zining qadrdon klubi “Everton”ga erkin agent sifatida yetib kelgan hujumchi Ueyn Runi esa Keniya klubi darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘rtoqlik o‘yinlari 13-avgust, payshanba
Izoh (0)