Bishkekda “Qirg‘iziston go‘zali — 2017” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi. “RIA Novosti” tanlov ishtirokchilari suratlari bilan bo‘lishdi.
“Qirg‘iziston go‘zali” tanlovida 18 yoshli Aygerim Bektenbayeva g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Nazi Maatkaziyeva va Viktoriya Belan qo‘lga kiritdi.
Finalda 19 nafar qiz bellashdi. Ularning eng kichigi — 15, eng kattasi — 26 yoshda edi.
Uchta o‘rin sohibalarining barchasi xalqaro go‘zallik tanlovlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)