AQShdagi Stenford universiteti olimlari 111 ta mamlakatning 717 ming aholisining smartfonlaridagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqib, ularning har biri kuniga qancha masofani bosib o‘tishini aniqladi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Dunyodagi eng yalqov kishilar indoneziyaliklar bo‘lib chiqdi, ular har kuni atigi 3513 qadam bosadi xolos.
Gonkong fuqarolari esa eng faol bo‘lib chiqdi, ular kuniga o‘rtacha 6880 qadam masofani piyoda bosadi. Dunyo bo‘yicha bir kunda bosib o‘tilgan masofa 4961 qadamni tashkil etdi.
Gonkongdan keyingi o‘rinlarni Xitoy, Ukraina, Yaponiya va Rossiya egalladi.
Izoh (0)