Dilshod Nuraliyev boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xitoydagi Hua Shan Cup musobaqasidagi ishtirokini boshladi, deb yozdi O‘FF rasmiy sayti.
Jamoa o‘zining birinchi o‘yinini Chexiya o‘smirlariga qarshi o‘tkazdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Parallel bellashuvda yaponiyalik o‘smirlar mezbon Xitoy darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Ertaga — 15-iyul kuni o‘zbekistonlik futbolchilar Xitoyga qarshi saf tortadi. Dastlabki turni g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan Chexiya va Yaponiya o‘mirlari esa o‘zaro hisob-kitob qiladi.
Hua Shan Cup 1-tur o‘yinlari 13-iyul, payshanba
Izoh (0)