Jamol Maxsudov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror 12-iyul kuni Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Jamol Maxsudov (1972-yili tug‘ilgan) 2015-yil sentabridan “O‘zbektelekom” milliy telekommunikatsiya operatorining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
U 1994-yili Toshkent elektrotexnik aloqa institutini tamomlagan.
Izoh (0)