“Olmaning tagiga olma tushadi” deganlaridek iqtidorli ota-onalarning farzandlarida ham o‘z iqtidorini namoyish qilish imkoniyati yuqori bo‘ladi. AdMe otasi kabi mashhur farzandlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Stiven va Liv Tayler
Liv Randgren (aktrisa tug‘ulganida aynan shu familyani olgan) otasi kim ekanligini o‘smirlik paytidagina bilgan. U doim beixtiyor onasining do‘sti Stiven Taylerga talpingan. Musiqachining o‘zi ko‘pincha ularning uyiga tashrif buyurgan va qiz o‘ziga juda o‘xshashidan shubhaga borib yurgan.Jon Voyt va Anjelina Joli
Jon Voyt — to‘rt karra “Oskar” mukofoti nomzodi. Joli otasining oiladan ketishini kechira olmagan va uzoq vaqt Voyt bilan gaplashishdan bosh tortgan. Shunga qaramay ular birgalikda Lara Croft: Tomb Raider filmda suratga tushishgan, so‘nggi vaqtlarda ota va qiz o‘rtasidagi munosabat ancha yaxshilangan.Pol va Stella Makkartni
Pol Makkartnining besh nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, uning Stella ismli qizigina haqiqiy mashhurlikka erishgan. Stella — mashhur model, British Fashion Awards mukofotining sovrindori.Don va Dakota Jonson
Dakota Jonsonga mashhurlik Fifty Shades of Grey filmidan keyin keldi. Bu baribir qachondir sodir bo‘lishi kerak edi, axir uning ota-onasi Melani Griffit va Don Jonson, buvisi Tippi Xedren, o‘gay otasi — Antonio Banderes.Ozzi va Kelli Osborn
Kellining bolaligi otasining mashhurlik davriga to‘g‘ri kelib qolgan. Hatto ularning oilasi shu qadar mashhurlikka erishganki, televideniyeda ular ishtirokida “Osbornlar oilasi” shousi ham paydo bo‘lgan.Genri va Jeyn Fonda
“Men otamning o‘g‘li edim”, — degan edi afsonaviy aktyor Genri Fondaning qizi Jeyn. Ota-onasining ajrashishi va onasining o‘z joniga qasd qilishi Jeynning tabiatiga va uning erkaklar bilan kelajakdagi munosabatlariga ta’sir ko‘rsatgan.Frensis va Sofiya Koppola
Sofiya o‘zini kinorejissorlikda sinab ko‘ra boshlaganida uning ishlarini otasining ijodi bilan solishtirishadi degan qo‘rquv bo‘lgan. Uning “Tarjimadagi qiyinchiliklar” filmi ikkita “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritgan.Kurt Rassel va Keyt Xadson
Kurt Rassel Keytga va uning ukasi o‘gay ota bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini tarbiya qilgan Kurtga doimo baxtli bolalik uchun minnatdorchilik bildiradi.
Izoh (0)