Afg‘oniston g‘arbidagi Farah viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari avtobusga hujum qildi, undan yetti yo‘lovchini tushirib, otib tashladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, “Tolibon” jangarilari “hukumatda ishlaydi deb gumon qilinganlar”ni otib tashlagan.
Namoyishkorona qatldan so‘ng, jangarilar qolgan yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan, Hirot va Farah oralig‘idagi yo‘lni to‘sib, hukumat qo‘shinlari yetib kelguniga qadar hududni nazorat qilib turgan.
Hukumat qo‘shinlari yetib kelganidan so‘ng, ikki o‘rtada otishma yuz bergan. Oqibatda 10 nafar jangari, xususan, ularning yetakchisi Odam Xon halok bo‘lgan, yana yetti nafari tan jarohati olgan.
Izoh (0)