Yevroittifoq Kengashi Ukraina–Yevroittifoq uyushishi haqidagi kelishuvni uzil-kesil ma’qulladi va u 2017-yil 1-sentabrdan amalga kirishini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bu ratifikatsiya jarayonining oxirgi bosqichi, uning doirasida Yevroittifoq va Ukraina siyosiy faoliyatning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik aloqalariga kirishadi”, — deyiladi xabarnomada.
Uyushuvning bir qator holatlari 2014-yil 1-noyabridan buyon amal qilmoqda, 2016-yil 1-yanvaridan esa erkin savdo zonasini yaratishga doir barcha regulyatsiyalar amal qila boshlagan edi.
Izoh (0)