Huquqiy jihatdan Toshkentning “Paxtakor” klubiga tegishli bo‘lgan Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv” safida mavsum yakuniga qadar qolishga qaror qildi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
“Temiryo‘lchilar” Chempionlar ligasida o‘ynashi inobatga olinib, Jaloliddin Masharipov ijaraga olingandi. Klub xalqaro maydonda muvaffaqiyatsiz ishtirok etganidan keyin ham Masharipov unda qoladigan bo‘ldi.
Bunda har ikki klub Jaloliddin Masharipovga tanlov imkoniyatini yaratib berganmi, “Paxtakor”ning yangi rahbariyati iqtidorli futbolchini qaytarib olishni istaganmi yoki yo‘q — aniq ma’lumot berilmagan.
Yarim himoyachi Oliy liganing 1-davrasida “Lokomotiv”ning 13 ta o‘yinida ishtirok etdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)