London yuqori sudi Buyuk Britaniya tomonidan Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘ sotilishini qonunlarga mos deb topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Sudga qurol savdosiga qarshi Britaniya kampaniyasi faollari murojaat qilib, ar-Riyod Yamanda xusiylarni bombalayotganini, shu bois unga qurol sotish qonunga zid ekanligini da’vo qilgan edi. Ammo sud bu da’volarni o‘rinsiz deb topdi.
Faollar to‘qnashuvlar va aviazarbalarda isyonchilar qatorida tinch aholi ham qirilayotganiga e’tibor qaratmoqda.
BMT ma’lumotlariga qaraganda, Yamandagi ixtilof oqibatida minglab tinch fuqarolar halok bo‘lgan.
Izoh (0)