Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi navbatdagi video ommalashib bormoqda. Bu gal u harbiy xizmachiga yordam berishga urindi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Hodisa Tramp AQSh dengiz piyodachilari korpusi vertolyotiga yaqinlashayotganda ro‘y berdi. Kuchli shamol tufayli askarlardan birining bosh kiyimi uchib ketdi. Uning o‘zi bu paytda harbiy qoidalarga muvofiq harakatsiz tik qotgandi.
Buni payqagan prezident bosh kiyimni yerdan olib, harbiy xizmatchiga kiydirishga urindi, biroq shamol uni yana uchirib yubordi. Tramp harakatini qaytarib o‘tirmadi va askarning yelkasiga qoqib, vertolyot bortiga ko‘tarildi.
Izoh (0)